Scratch muhitida shakllar yaratish
Dasturlashda rasm uskunalar bilan emas, buyruqlar bilan chiziladi. Scratchda chizish uchun «Pero» (Pen) qo‘shimchasini ulaymiz: dastur oynasining pastki chap burchagidagi «qo‘shimcha qo‘shish» tugmasi orqali Pen tanlanadi. «Peroni tushir» (pen down) bloki sprayt ortidan iz qoldiradi, «peroni ko‘tar» (pen up) esa chizishni to‘xtatadi. «Peroning rangini o‘rnat» va «peroning qalinligini o‘rnat» bloklari chiziq ko‘rinishini o‘zgartiradi, «hammasini tozala» sahnani tozalaydi. Chizishni sahna markazidan boshlash uchun «x: 0 y: 0 ga bor» ishlatiladi. Shaklni chizish uchun yurish va burilish ketma-ket takrorlanadi: kvadrat – «4 marta takrorla: 80 qadam yur, 90 gradusga bur». Uchburchak (teng tomonli) – 3 marta, har safar 120° ga burilib; olti burchak – 6 marta, 60° ga burilib. Qoida: muntazam ko‘pburchakda burilish burchagi 360° ni burchaklar soniga bo‘lish bilan topiladi. Spraytning o‘zi ko‘rinmasin desangiz, «yashir» (hide) blokini qo‘ying.
«Qog‘ozdagi sprayt»: bolalar doskadagi buyruqlarga qarab, katakli daftarda «sprayt» bo‘lib qalam bilan chizadi (4 marta: 5 katak yur, o‘ngga 90° bur). Natija kvadrat chiqishi kerak. So‘ng Scratchda tekshiriladi.