Amaliy mashg‘ulot: fayl va papkalar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uyda yoki maktabda «Oila» papkasini yarating, ichida «Rasmlar» va «Matnlar» papkalari bo‘lsin. Yo‘lini yozing.
Masalan: D:\Oila\Rasmlar.
2
Bloknotda «Mening kunim» matnini 4–5 jumla yozing, «kun.txt» deb saqlang, so‘ng nusxasini boshqa papkaga qo‘ying.
Ikki joyda bir xil fayl bor.
3
Fayl yo‘lini yozing: C diskda «Maktab» papkasi, uning ichida «5-sinf», unda «Informatika.docx».
C:\Maktab\5-sinf\Informatika.docx
4
Papkada 7 ta fayl bor edi. 3 tasini nusxalab boshqa papkaga qo‘ydingiz, asl papkadan 2 tasini o‘chirdingiz. Asl papkada nechta fayl qoldi?
5