Firma mablag‘lari va xarajatlari
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Tegirmon 360 mln so‘mlik uskunani 8 yil ishlatadi. Yillik amortizatsiya ajratmasi necha so‘m?
45000000
2
Firma oyiga 5 000 dona mahsulot chiqarib, doimiy xarajatga 40 mln, o‘zgaruvchan xarajatga 110 mln so‘m sarfladi. O‘rtacha xarajat necha so‘m?
30000
3
O‘z oilangiz yoki mahalladagi bitta kichik do‘kon uchun uchtadan doimiy va o‘zgaruvchan xarajat turini yozing.
Misol: doimiy — ijara, sug‘urta, reklama shartnomasi; o‘zgaruvchan — sotib olinadigan tovarlar, qadoq, sotuvchining ishbay haqi.
4
Aylanma mablag‘ning «aylanishi»ni novvoyxona misolida bosqichma-bosqich tushuntiring.
Pul bilan un va gaz sotib olinadi (resurs); ulardan non yopiladi (tayyor tovar); non sotiladi va pul qaytib keladi — aylanma yana boshlanadi.
5
Asosiy vosita narxi 24 mln so‘m, foydalanish muddati 6 yil. Uch yildan keyin to‘plangan amortizatsiya jamg‘armasi necha so‘m bo‘ladi?
12000000