Amaliy mashg‘ulot: yig‘iladigan stulcha yasash
Yig‘iladigan stulcha uchta bir xil oyoq va uch burchakli charm o‘rindiqdan iborat. Oyoqlar taxminan 50 sm uzunlikda arralanadi, ularning bir xil joyida bolt o‘tkazish uchun teshik ochiladi va uchlari qum qog‘oz bilan tekislanadi. Uchta oyoq bolt, shayba va gayka bilan bitta o‘qqa biriktiriladi, shunda ular ochilib-yig‘ilib turadi. Ortiqcha chiqib qolgan bolt qismi chilangarlik arrasi bilan olinadi, oyoq uchlariga esa charm o‘rindiq burama mix bilan mahkamlanadi. Yog‘och oyoqni tiskida yoki qisqichda mahkamlab turib arralash va parmalash kerak, drel patroniga kalit ulangan holda ishga tushirilmaydi, bolt bo‘shashmasligi uchun gayka kalit bilan puxta buraladi. Hamma ishlar o‘qituvchi nazoratida, ko‘zoynak bilan bajariladi; qirindi qo‘l bilan emas, cho‘tka bilan tozalanadi.
Maket: qalin kartondan 3 ta oyoq kesib, mix-yoki tugma bilan o‘rtasidan biriktiring, stulcha qanday ochilib-yig‘ilishini ko‘rsating. Qaychi bilan ehtiyot bo‘lib ishlang; haqiqiy drel va arrani faqat o‘qituvchi ishlatadi.