Bozorlar va narxlar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uyingizdagi yoki do‘kondagi bitta mahsulotning narxini ikki joyda solishtiring va farq sababini taxmin qiling.
Namuna: sut bozorda 11 000, supermarketda 13 000 so‘m; supermarketda ijara, saqlash va qadoq xarajati yuqori bo‘lishi mumkin.
2
5 litr o‘simlik moyi 100 000 so‘m, 3 litri 63 000 so‘m. 1 litr narxi qaysi birida kam? Kamini yozing (so‘mda).
20000
3
350 000 so‘mlik kurtkaga 30% chegirma bo‘ldi. Necha so‘m to‘laysiz?
245000
4
Nima uchun ma’lumotsiz (narxlar ko‘rsatilmagan) do‘konda xarid qilish qiyin?
Chunki xaridor tovarlarni solishtira olmaydi va qaror qabul qilish uchun asosiy axborot – narx – yo‘q bo‘ladi.