Bo‘shliqichlilar tipi
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Gidra tanasining ko‘ndalang kesimini chizing va ikki qavatni belgilang.
Tashqi qavat – ektoderma, ichki qavat – endoderma, o‘rtada tana bo‘shlig‘i.
2
Gidraning ikkita ko‘payish usulini ayting.
Jinssiz – kurtaklanish (yoz); jinsiy – tuxum va spermatozoid (kuz).
3
Meduzalarga nega tegmaslik kerak? 2 jumla yozing.
Ularning otuvchi tolalari kuydiradi; ayrim turlari odam uchun xavfli. Chaqsa, vrachga ko‘rinish kerak.
4
Korall riflari hosil bo‘lish bosqichlarini tartibda yozing.
Poliplar kurtaklanadi → koloniya o‘sib suv yuzasiga ko‘tariladi → ostki qismi halok bo‘lib to‘planadi → rif va orol hosil bo‘ladi.
5
Bo‘shliqichlilarning qadimiy ekanini ko‘rsatuvchi 2 belgini yozing.
Hujayralari kuchsiz ixtisoslashgan; regeneratsiya qobiliyati kuchli; hujayra ichida hazm qilish.