Ikki qanotlilar va hasharotlarning ahamiyati
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Pashsha va chivindan saqlanish uchun 5 qoida yozing.
Chiqindini yopiq saqlash va o‘z vaqtida chiqarish; oziqni yopish; mevani yuvish; ko‘lmaklarni quritish; deraza to‘rlari/chivin to‘ri.
2
Hasharotlar bilan tarqaladigan 3 kasallikni va tashuvchisini yozing.
Bezgak – bezgak chivini; terlama – bit; o‘lat – kalamush burgasi.
3
Foydali hasharotlardan 4 tasini va foydasini yozing.
Asalari – changlatadi va asal; xonqizi – shira yeydi; ninachi – chivin yeydi; ipak qurti – ipak.
4
Biologik kurashning ikki usulini tushuntiring.
Fabrikada kushandalarni ko‘paytirib dalaga tarqatish; foydali hayvonlarni jalb etib, kimyoviy moddalarni kamaytirish.
5
Bo‘g‘imoyoqlilar tipining 3 sinfini va har biridan vakil yozing.
Qisqichbaqasimonlar – daryo qisqichbaqasi; o‘rgimchaksimonlar – butli o‘rgimchak; hasharotlar – bronza qo‘ng‘izi.