Joy nomlari va ularning imlosi
Ma’lum bir geografik hududga atab qo‘yilgan nomlar joy nomlari hisoblanadi: qit’a, davlat, shahar, qishloq, viloyat, tuman, mahalla nomlari. Mamlakat, o‘lka nomlari ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lsa, har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi: Janubiy Koreya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, O‘zbekiston Respublikasi, Markaziy Osiyo. Viloyat, tuman, shahar so‘zlari esa kichik harf bilan yoziladi: Toshkent viloyati, Samarqand shahri. Qo‘shma joy nomlari ko‘pincha qo‘shib yoziladi: Surxondaryo, Buloqboshi, To‘rtko‘l, Oqtepa. Tarkibida bo‘yi, orti, oldi so‘zlari ishtirok etgan joy nomlari ham qo‘shib yoziladi: Orolbo‘yi, Kaspiyorti.
«Xarita imlosi»: bolalar xaritadagi yoki o‘z hududidagi joy nomlarini daftarga to‘g‘ri imloda yozadi va qoidasini aytadi.