☰ Mundarija · Geografiya

Yerning aylanishi va fasllar

Darslar 5 · 1 ta dars · P. Gulyamov, R. Qurbonniyozov, M. Avezov, N. Saidova. Geografiya (Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi), 5-sinf. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 5-nashri. «Mitti yulduz», Toshkent, 2020
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Quyidagilarning qaysi biri Yerning o‘z o‘qi atrofida, qaysi biri Quyosh atrofida aylanishidan kelib chiqadi: a) tun va kunning almashinuvi; b) yoz va qishning almashinuvi; c) Quyoshning har kuni sharqdan chiqishi?
2
Yer Quyosh atrofida 365 kunda aylanadi. Kabisa bo‘lmagan oddiy yilda necha oy 31 kun? (Yanvar, mart, may, iyul, avgust, oktabr, dekabr)
3
Yozuvsiz xaritada tropiklar (23,5°) va qutbiy doiralarni (66,5°) chizib, issiq, mo‘tadil va sovuq mintaqalarni turli rangga bo‘yang.
4
Yer Quyosh atrofida 4 yilda qo‘shimcha necha soat «yig‘adi» (har yili 6 soat)?
5
Siz yashaydigan joyda yozda ertalab va tush paytida soya uzunligi qanday farq qiladi? Kuzating (Quyoshga qaramang) va yozing.