Yer yuzasi relyefining asosiy shakllari
Yer yuzasi relyefini ichki kuchlar (ko‘tarilish, vulqon, zilzila) va tashqi kuchlar (suv, shamol, muzliklar, Quyosh nuri, organizmlar) hosil qiladi; ichki kuchlar baland-pastlik yaratsa, tashqi kuchlar uni tekislaydi. Materiklar – Yer po‘stining ko‘tarilib turgan eng yirik bo‘laklari; ular oltita: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya. Hamma tomondan suv bilan o‘ralgan quruqlik orol (eng kattasi Grenlandiya, undan keyin Yangi Gvineya, Kalimantan, Madagaskar), uch tomonidan suv o‘ragan va bir tomoni quruqlikka tutashganlari yarimorol (Arabiston, Hindiston, Hindixitoy). Yer yuzining taxminan 71 % ini Dunyo okeani, 29 % ini quruqlik egallaydi. Quruqlik relyefining asosiy shakllari tekislik va tog‘lar: tekisliklar 0–200 m pasttekislik, 200–500 m qir, 500 m dan baland yassitog‘lik; tog‘lar 500–1000 m past, 1000–2000 m o‘rtacha, 2000–3000 m o‘rtacha baland va 3000 m dan baland tog‘larga bo‘linadi. Dunyodagi eng baland cho‘qqi Jomolungma (Everest) – 8849 m; O‘zbekistonda esa Hisor tizmasidagi Hazrati Sulton (4643 m).
«Relyef makeni»: plastilin yoki loy (kattalar yordamida) bilan qutida orol, yarimorol, tog‘ va tekislik maketi yasang; ranglar bilan balandliklar shkalasiga mos belgilang.