O‘simliklarning Qizil kitobi
Qizil kitob — yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik va hayvonlar ro‘yxati. Xalqaro Qizil kitob o‘tgan asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan va olimlar uni doim yangilab turadi, chunki turlarning ahvoli o‘zgaradi: ba’zilari ko‘payadi, boshqalari kamayadi. O‘zbekistonning ham o‘z Qizil kitobi bor; u bir necha yilda qayta nashr etiladi. Unga kiritilgan o‘simliklarni uzish va qazib olish, hayvonlarini ovlash taqiqlanadi; ularni qonun himoya qiladi. Endemik o‘simlik faqat kichik hududda o‘sadi. O‘zbek lolasi faqat Qashqadaryo viloyatida uchraydi, o‘zbek chinnigullari esa qoya va toshlar orasida o‘sadi. Ularni saqlash uchun botanika bog‘i va qo‘riqxonalarda o‘stiriladi. Uzilgan gul urug‘ qoldirmaydi, shuning uchun noyob gulni hech qachon uzmang va boshqalarni ham to‘xtating.
«Qizil kitob sahifasi»: noyob o‘simlik yoki hayvonni tanlang va uning sahifasini tuzing: rasm, nomi, qayerda uchrashi, nega kamayib ketgani, uni qanday asrash mumkin.