Suvni qanday asrash kerak?
Biz tabiatdan toza suv olamiz, lekin unga chiqindi, kimyoviy moddalar va yog‘ aralashgan iflos suvni qaytaramiz. Ifloslangan suv o‘simlik, hayvon va odamga zararli. Zavodlar asbob-uskunalarni sovitish va yuvish uchun daryo suvidan foydalanib, uni yana daryoga quyadi; unda metall zarralari va zaharli moddalar bo‘lishi mumkin. Suvda kislorod kamayadi, baliqlar nobud bo‘ladi; zaharli moddalar suv o‘tlarida to‘planib, zanjir bo‘ylab baliq va odamgacha yetadi. Chuchuk suv tanqisligi dunyoda jiddiy muammo. Shuning uchun suvni toza saqlash va tejash kerak. Qishloq xo‘jaligida eng ko‘p suv sarflanadi, shuning uchun tomchilatib sug‘orish qo‘llanadi: suv har bir o‘simlik ildiziga tomchilab beriladi. Gidrogel namlik va oziqni saqlab, o‘simlikka asta-sekin beradi. Uyda: tishni yuvayotganda jo‘mrakni yoping, tomayotgan jo‘mrakni tuzating, dush vaqtini qisqartiring, idish-tovoq yuvishda suvni ortiqcha ochmang, chiqindi va yog‘ni ariq yoki kanalizatsiyaga to‘kmang.
«Suv auditi»: bir kun davomida oilangizda suv nimaga sarflanishini yozing (ichish, yuvinish, kir yuvish...). Qaysi joyda suvni tejash mumkinligini toping va uch qoidalik reja tuzing.