Qurilish materiallari
Uylar, yo‘llar va ko‘priklar qurishda ishlatiladigan materiallar qurilish materiallari deyiladi. Ko‘pchiligi foydali qazilmalardan olinadi. Granit juda qattiq tosh; undan zinapoya, yo‘l qirg‘og‘i va haykal poydevori yasaladi. Marmar chiroyli, silliqlanadigan tosh; u binolarni bezashda, metro bekatlarida ishlatiladi. Qum va shag‘al beton tayyorlash va yo‘llarga to‘shash uchun kerak. Gilni qolipga solib, pishirib g‘isht tayyorlanadi. Sement qum va suv bilan aralashtirilsa qotib, mustahkam bo‘ladi. Yog‘och ham qurilish materiali, lekin u o‘simlikdan olinadi. Qurilish maydonchasida o‘ynash xavfli: u yerda og‘ir yuklar va o‘tkir buyumlar bor.
Mahallangizdagi bir binoga qarang (kattalar bilan) va uning qanday materiallardan qurilganini aniqlang: devor, tom, deraza, pol.