☰ Mundarija · Matematika

Masalalar yechish; harakat: tezlik, masofa va vaqt

Darslar 124–128 · 5 ta dars · I.V. Repyova. Matematika 3-sinf, 1–4-qismlar. Novda Edutainment, 2023
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Avtomobil 4 soatda 288 km yo‘l bosdi. Uning tezligi necha km/soat?
2
Yuk mashinasi 60 km/soat tezlik bilan 7 soat yurdi. U necha km yo‘l bosdi?
3
Yo‘lovchi 450 m yo‘lni 90 m/minut tezlik bilan necha minutda bosib o‘tadi?
4
Poyezd 2 soat 80 km/soat, keyin 3 soat 50 km/soat tezlik bilan yurdi. Jami necha km yo‘l bosdi?
5
Samarqanddan Buxorogacha taxminan 270 km. Avtobus 54 km/soat tezlik bilan necha soatda yetib boradi?