Pozitsion sanoq sistemasi
Hamma sonlarni 10 ta raqam bilan yozamiz: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9. Bu raqamlar Hindistonda kashf qilingan, nolning kashf etilishi juda muhim bo‘lgan. Raqamning qiymati u turgan o‘ringa bog‘liq: 528 da 5 – yuzlik, 2 – o‘nlik, 8 – birlik. Qadimda Yevropada rim raqamlari ishlatilgan: I = 1, V = 5, X = 10, L = 50, C = 100.
8 xonali son
10 000 000 + 2 000 000 + 300 000 + 40 000 + 5 000 + 600 + 70 + 8 = 12 345 678
Ko‘chada 35-uy 36-uyning yonida, 305-uy esa uzoqda. Bir xil 3 raqami chaproqda turganda ko‘proq qiymatga ega.
Pochtachilar, taksichilar
Eshik yoki uy raqamiga qarab, har bir raqam nimani bildirishini ayting: birlik, o‘nlik yoki yuzlik.
| I | V | X | L | C |
|---|---|---|---|---|
| 1 | 5 | 10 | 50 | 100 |
«Raqam kartochkalari»: bolalarga 2, 5, 8 raqamli kartochkalar beriladi. Ular turlicha tartibda turib uch xonali sonlar hosil qiladi va har birini o‘qiydi.