«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni tahlili
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Dostondagi ikki personajni (masalan, Bibi Hilol va Rustambek) tanlab, har birining xarakterini matndagi bittadan dalil bilan tavsiflang.
Hilol: matonatli, or-nomusli; Rustambek: sadoqatli, g‘amxo‘r, ammo avval qo‘rqqan — keyin Go‘ro‘g‘lini asrab oladi.
2
«Go‘ro‘g‘li» nomining uch xil talqinini o‘z so‘zlaringiz bilan yozing.
«Go‘r» – qabr (qabrda tug‘ilgan); «ko‘r» – ko‘r ota farzandi; «kur» – alp, botir, mard.
3
Xalq dostonidagi ot obrazining ahamiyatini «Alpomish»dan bilganlaringiz bilan qiyoslab 5–6 gapda yozing.
Ot qahramonning ajralmas yo‘ldoshi, uning kuchi va jasoratini to‘ldiradi: Boychibor Alpomishning, G‘irot Go‘ro‘g‘lining yordamchisi.
4
DTM uslubida: «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni qaysi janrga kiradi? A) lirik she’r B) xalq dostoni C) tarixiy roman D) fojia
B – xalq dostoni.