Milliy til va adabiy til
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
O‘z hududingizdan ikkita shevaviy so‘z yoki shakl yozing va adabiy tilda qanday deyilishini aniqlang.
Masalan: «jaxshi – yaxshi», «jo‘q – yo‘q». Aniq javob o‘quvchining shevasiga bog‘liq.
2
Adabiy tilning og‘zaki va yozma shaklini taqqoslab, 3 ta farq yozing.
Og‘zaki: ohang, to‘xtam, jonli aloqa; yozma: imlo, tinish belgilari, qayta ko‘rib chiqish imkoni.
3
Milliy til va adabiy til haqida 4–5 gapdan iborat tushuntirish yozing.
Namuna: milliy til keng tushuncha; adabiy til uning me’yorlashgan oliy shakli; shevalar me’yordan tashqarida; adabiy til og‘zaki va yozma shaklga ega.
4
Nega til sofligi haqida qayg‘urish zarur? 3–4 gapda fikringizni bildiring.
Masalan: til millatning ma’naviy mulki; o‘zlashtirmalarning bema’ni ko‘payishi ma’noni xiralashtiradi; me’yorga amal qilish nutqni tushunarli qiladi.