MS Excelning funksiyalar kutubxonasi
Funksiya – oldindan tayyorlangan formula; u nomi va qavs ichidagi argumentlar bilan yoziladi: =NOM(arg1, arg2). Funksiyalar Formulas yorlig‘idagi Function Library guruhida turlar bo‘yicha joylashgan: Financial, Logical, Text, Date & Time, Lookup & Reference, Math & Trig va More Functions (statistik va boshqalar). Matematik funksiyalardan: FACT(n) – n! ; EXP(x) – e ning x-darajasi; SIN, COS, TAN – radiandagi burchak uchun; GCD(a, b, …) – eng katta umumiy bo‘luvchi; LCM(a, b, …) – eng kichik umumiy karrali; SIGN(x) – manfiy son uchun –1, nol uchun 0, musbat uchun 1; SQRT(x) – kvadrat ildiz; SUMPRODUCT(massiv1, massiv2) – mos elementlar ko‘paytmalari yig‘indisi; ROUND(son, xona) – yaxlitlash. Argumentlar orasidagi ajratuvchi inglizcha sozlamada vergul, o‘zbek va rus mintaqaviy sozlamalarida esa nuqtali vergul bo‘ladi (o‘nli kasrda ham vergul). Rus tilidagi interfeysda nomlar boshqacha: masalan, GCD – NOD, ROUND – OKRUGL, SUMPRODUCT – SUMMPROIZV.
«Funksiya sehrgari»: bir o‘quvchi argumentlarni aytadi, ikkinchisi funksiya nomini topadi (masalan, «18, 24 va 42 ning eng katta umumiy bo‘luvchisi»), uchinchisi natijani oldindan hisoblaydi; so‘ng Excel bilan tekshiriladi.