O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Fuqaro, xorijiy fuqaro va apatridning huquq va burchlarini jadvalga yozing.
Hammada: yashash, sud himoyasi, vijdon erkinligi; faqat fuqarolarda: saylov huquqi, harbiy xizmat burchi.
2
Fuqarolik olish asoslarini sxemada ko‘rsating (tug‘ilish, qabul qilish, tiklash).
Sxemada uchta asosiy yo‘l va har biriga bir misol bo‘lishi kerak.
3
Oilangizdan biridan pasport nima uchun kerakligini so‘rang va javobini yozing.
Shaxsni va fuqarolikni tasdiqlash, chet elga chiqish, xizmatlardan foydalanish uchun.
4
«Fuqarolikdan o‘zboshimchalik bilan mahrum etishning taqiqlanishi» qanday himoya ekanini tushuntiring.
Bu fuqaroni davlat himoyasidan va huquqlaridan asossiz mahrum etishdan saqlaydi; chora faqat qonun asosida bo‘lishi mumkin.
5
Ota-onasi fuqaroligi bo‘lmagan, lekin O‘zbekistonda tug‘ilgan bola fuqarolik masalasini qaysi hujjat tartibga soladi? Topib yozing.
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun (2020); unga ko‘ra ota-onasi O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan va O‘zbekiston hududida tug‘ilgan bola O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.