O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi
Sud – odil sudlovni amalga oshiradigan yagona davlat hokimiyati organi: sudyalar qaror va hukmlarini davlat nomidan chiqaradi, ular hamma uchun, shu jumladan davlat organlari uchun ham majburiy. Sudlarning asosiy vazifasi – inson huquqlari va erkinliklarini, tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash. O‘zbekistonda sud tizimiga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar sudlari, tuman (shahar) sudlari kiradi; ishlar turiga ko‘ra ular fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlarga ixtisoslashgan, harbiy sudlar ham bor. Favqulodda sudlar tuzish mumkin emas. Ishni birinchi ko‘rgan sud – birinchi instansiya; uning qaroridan yuqori sudga apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilish mumkin. Konstitutsiyaviy sud konkret shaxslar o‘rtasidagi ishni emas, hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘radi. Sud ishlari davlat tilida, qoraqalpoq tilida yoki hududda ko‘pchilik so‘zlashadigan tilda yuritiladi, tilni bilmaydigan ishtirokchiga tarjimon beriladi.
«Qaysi sud?»: o‘qituvchi vaziyatlar o‘qiydi (o‘g‘irlik; ish haqi nizosi; hokim qaroriga shikoyat; qonun Konstitutsiyaga mosligi). Sinf sud turini topadi.