Belgilash va gumon olmoshlari
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Matndan yoki kitobdan belgilash olmoshi qatnashgan beshta gap yozing.
Tekshirish: gaplarda hamma, barcha, har bir, har kim kabi so‘zlar bor.
2
Kim, qanday, qaysi, qancha so‘roq olmoshlaridan ikki xil gumon olmoshi yasang.
Allakim, kimdir; allaqanday, qandaydir; allaqaysi, qaysidir; allaqancha, qanchadir.
3
Gumon olmoshlari bilan 4 ta gap tuzing.
Masalan: Allaqayerda it vovullayapti.
4
«Har» va «hamma» so‘zlari ishtirokida «Maktabimiz hayoti» haqida 5 gap yozing.
Masalan: Har kuni hamma o‘quvchi darsga keladi.