Ishqalanish kuchi
Ikki jism bir-biriga tegib sirpanganda yoki sirpanmoqchi bo‘lganda paydo bo‘ladigan va harakatga to‘sqinlik qiladigan kuch ishqalanish kuchi deyiladi. Sirt qancha g‘adir-budur bo‘lsa, ishqalanish shuncha kuchli. Ishqalanish foydali: u tufayli biz yo‘lda sirpanmay yuramiz, avtomobil g‘ildiragi yo‘lda ushlaydi, gugurt yonadi, tormoz mashinani to‘xtatadi. Muzda ishqalanish kam, shuning uchun sirpanchiq; qish kunlari yo‘lga qum sepiladi. Ishqalanish zararli ham: mashina qismlari ishqalanib, isiydi va yeyiladi. Uni kamaytirish uchun qismlarga moy suriladi, shariklar qo‘yiladi, sirt silliqlanadi. Qo‘llarni ishqalab isitish ham ishqalanishdan.
Bir kitobni stol, mato va qog‘oz ustida bir xil kuch bilan sirpantiring (oddiy ip bilan tortib). Qaysi sirtda siljitish qiyin? Natijani yozing.