Yangi davr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida industrial jamiyatning shakllanishi
Kashfiyotlardan so‘ng Amerikadan Yevropaga juda ko‘p oltin va kumush keldi, tangalar ko‘paydi, narxlar tez o‘sdi — bu «narx-navo inqilobi» deb ataladi. Oilalar endi o‘zlariga yetadigan natural xo‘jalik bilan cheklanmay, mahsulotni bozorda sota boshladi. Yirik savdogarlar vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan yarmarkalar o‘rniga doimiy birjalarda, shartnoma asosida ulgurji savdo qildi; XV asrda Genuyada Avliyo Georgiy banki kabi zamonaviy bank paydo bo‘ldi. Xavfli uzoq savdo uchun savdogarlar aksionerlik kompaniyalariga birlashdi: aksiya egasi foydadan ulush olardi. Manufaktura — qo‘l mehnatiga asoslangan, ishni bo‘lib bajaradigan yirik korxona; unda ishchilar ish haqi evaziga ishlardi. Natijada burjuaziya (tadbirkorlar sinfi) va proletariat (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum yollanma ishchilar) paydo bo‘ldi; jamiyat tabaqalarga emas, kapitalga ko‘ra sinflarga bo‘lina boshladi.
«Aksiyadorlar yig‘ilishi»: sinfni guruhlarga bo‘lib, har guruh xayoliy savdo kompaniyasi tuzadi, aksiyalarni «sotadi» va foydani ulushlarga taqsimlaydi.