Elektrotexnika sohasiga oid kasb-hunarlar to‘g‘risida ma’lumot
Maktabni tugatgach, texnikumlar va kasb-hunar ta’limi muassasalarida elektr sohasiga oid kasblarni egallash mumkin: elektrostansiyalar, elektr jihozlar va qurilmalarni montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnik-elektrigi; issiqlik elektrostansiyalarining issiqlik jihozlari va qozon qurilmalarini montaj qilish, ishlatish va ta’mirlash texnik-mexanigi; elektron texnikasi buyumlari montajchisi; elektron jihozlarni montaj qilish, sozlash va ta’mirlash texnigi; transformatorlar ishlab chiqarish texnik-texnologi. Bu kasblarning hammasi aniq bilim, e’tibor va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishni talab qiladi: elektrik tok bilan ishlashda xatoga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Elektrik ishni boshlashdan oldin tokni o‘chiradi va ishlayotganini boshqalarga bildirib qo‘yadi. Zamonaviy hayotni elektrsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi: yorug‘lik, aloqa, transport, o‘qish, tibbiyot – hammasi elektr bilan bog‘liq.
Kasb afishasi: o‘quvchi bitta elektr kasbi bo‘yicha A4 qog‘ozda afisha chizadi: kasb nomi, nima qiladi, qanday asbob ishlatadi, xavfsizlik qoidasi. Chizish uchun qalam va rangli qalam.