O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Prezidentning uchta vakolatini daftarga yozing va har biriga bitta hayotiy misol toping.
Masalan: xalqaro shartnoma imzolash – davlatlar o‘rtasidagi kelishuv; farmon chiqarish – yangi tartib belgilash; Bosh qo‘mondonlik – Qurolli Kuchlarga rahbarlik.
2
Nima uchun Prezident muddati cheklangan? Ikki gap yozing.
Cheklov hokimiyat uzoq vaqt bir shaxsda qolmasligini ta’minlaydi, javobgarlikni va saylovning ahamiyatini oshiradi.
3
Konstitutsiyadagi Prezident qasamyodining mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan yozing.
Qasamyodda xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, huquq va erkinliklarni kafolatlash va vazifani vijdonan bajarish va’da qilinadi.
4
Qaysi hujjat yuridik kuchi yuqori: qonunmi yoki Prezident farmoni? Fikringizni asoslang.
Qonun yuqori: farmon Konstitutsiya va qonunlarga zid kelmasligi kerak.
5
Prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun qanday shartlarni bajarish kerak? Ularni o‘zingizning holatingiz bilan solishtiring.
Yosh (35), fuqarolik, til, 10 yillik yashash; hozir yoshingiz yetmaydi – bu talab tajriba uchun.