Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi
Miskar ustalar ro‘zg‘orda kerak bo‘lgan ko‘plab idishlarni yasagan va ularning har biri o‘z nomiga ega. Lavxo‘ri deb cheti yonga qayrilgan oval yoki to‘rtburchak mis laganga aytiladi; uning yuzi o‘simlik, geometrik va ramziy naqshlar bilan bezatiladi. Dulava ham lagan, faqat uning cheti avval tashqariga chiqib, so‘ng pastga egiladi. Qo‘l yuvishda obdasta, suv tashishda chelak, nonni iliq saqlashda nondon ishlatilgan va ularning ko‘rinishi har bir vohada boshqacha bo‘lgan. Sarxum – katta xumdan suv olinadigan, chiroyli bandli yirik cho‘mich. Shabaka deb mis idish devoriga mayda teshikchalar ochib ishlangan panjarasimon bezakka aytiladi; Toshkent ustalari uni «sumbarno» deb atagan. O‘sma jo‘shak esa o‘sma va bo‘yoq ezish uchun uch oyoqli, dastali kichik idish bo‘lib, ba’zan uzum bargi shaklida yasalgan.
Naqsh dizayni: o‘quvchi qog‘oz doira (lagan) ichiga o‘simliksimon va geometrik naqsh chizadi (simmetriya!). Chizma qalam va rangli qalamda, keyin sinfda «ko‘rgazma».