Huquq manbalari
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Besh hujjat turini yuridik kuchi bo‘yicha tartiblang.
Konstitutsiya, qonun, Prezident farmoni, Vazirlar Mahkamasi qarori, vazirlik buyrug‘i.
2
Lex.uz saytidan (kattalar bilan) bitta qonun nomini va qabul qilingan yilini toping.
Mustaqil izlanish.
3
Nima uchun hujjatlar rasmiy e’lon qilinishi kerak? Ikki gap yozing.
Odamlar o‘z huquq va burchlarini bilishi kerak; e’lon qilinmagan hujjatga amal qilish talab etilmaydi.
4
Odat bilan huquq normasi farqini yozing.
Odat – jamiyatda shakllangan an’anaviy qoida; norma esa davlat belgilagan va majburlov bilan ta’minlangan.
5
Xalqaro shartnomaga misol keltiring.
Masalan: Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya.