«Qochoq» parchasi
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
«Qochoq» parchasining boshlanishini (klub oldidagi voqea) o‘z so‘zingiz bilan to‘rt jumlada yozing.
Orden, tanishlar davrasi, eshitilgan gap, ordenni yulib olish va hushdan ketish tilga olinsin.
2
Jannat xolaning ikki qarama-qarshi tuyg‘usini nomlang.
O‘g‘lining xiyonatidan alam va uning holiga achinish, ona mehri.
3
Tursunboyning qiyofasi tasviri (yuzi, kiyimi, yurishi) nimani ko‘rsatadi? Bir jumla yozing.
U to‘qayda odamlardan ajrab, vahshiylashib qolganini.
4
Ota-ona farzandni erka qilib o‘stirgani haqida fikringizni ikki jumlada bildiring.
Javob erkin; darslik ota-onadan ham ayb o‘tganini aytadi.
5
Ikromjonning ahvoli parchaning oxirida qanday tasvirlanadi?
U o‘g‘lini dafn etib, g‘am va alam bilan qabrdan ketolmaydi; Nizomjon uni olib ketadi.