Ko‘chim
Ko‘chim – so‘zning ma’nosini boshqa narsaga ko‘chirib qo‘llash, ya’ni so‘zni ko‘chma ma’noda ishlatish san’atidir. «Oltin kuz» yoki «toshbag‘ir» iboralarida kuz haqiqatan oltin emas, jigar toshdan emas, ammo bunday ifoda nutqni ta’sirchan qiladi. Ko‘chim o‘xshatishga yaqin, lekin o‘xshatishda ikki narsa ham aytiladi, ko‘chimda esa faqat bittasi ifodalanadi. Majoz – noaniqroq tushunchani ko‘pchilikka ma’lum narsalarning belgilari bilan aytish; Gulxaniy hayvonlar timsolida odamlarning xususiyatlarini ko‘rsatgan. Ramz (timsol) – mavhum sifatni shu sifatga ega narsa orqali ifodalash: mumtoz adabiyotda may – hayot, gul – ma’shuqa, burgut – mag‘rurlik, chumoli – mehnatsevarlik ramzi. Istiora esa qisqargan o‘xshatish bo‘lib, unda tashqi o‘xshashdan ko‘ra ichki mantiqiy bog‘liqlik muhim.
«Chumoli», «burgut», «gul», «may» so‘zlarining ramziy ma’nolarini jadvalga yozing.