Ernest Seton-Tompson
Darslikka ko‘ra Ernest Seton-Tompson 1860-yil 14-avgustda Angliyada tug‘ilgan, olti yoshida oilasi Kanadaga ko‘chib kelgan. Bolaligida u tabiatga qiziqqan; Kanada qushlari haqidagi kitobni sotib olish uchun quyonlarini sotib, har xil ish qilib pul yig‘gan. Avval u hayvonlar rasmini chizuvchi rassom bo‘lgan, keyin yozuvchi va tabiatshunos olim sifatida tanilgan. U adabiyotda hayvonlarni asarning bosh qahramoniga aylantirgan; «Jonivorlar haqida hikoyalar» kitobi uning nomini dunyoga yoyib, bolalar ham, kattalar ham o‘qigan. Darslikda aytilishicha, yozuvchi o‘z kuzatuvlarini ikki jildlik «Shimoliy hayvonlar hayoti» kitobiga jamlagan va oltin medal olgan. U 86 yil umr ko‘rgan va o‘z istagiga ko‘ra tepalikka dafn etilgan. Asarlarini o‘zbekchaga yozuvchi Tog‘ay Murod tarjima qilgan.
Seton-Tompson hayotidan beshta muhim voqeani ketma-ketlikda yozing.