Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo‘qonda tug‘ilgan. Otasi Abduqahhor temirchi bo‘lib, tirikchilik uchun Qo‘qon atrofidagi qishloqlarda yurgan, shuning uchun oila bir joyda uzoq turmagan. Yozuvchi eski maktabda, Oqqo‘rg‘ondagi jadid maktabida, so‘ng Qo‘qondagi o‘qituvchilar tayyorlash texnikumida (1922–1924) o‘qigan, 1930-yilda O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetini tugatgan. Ijodi 1924-yilda boshlangan; hikoya va felyetonlari «Mushtum» jurnali, «Yangi Farg‘ona» va «Qizil O‘zbekiston» gazetalarida bosilgan. Uning mashhur asarlari orasida «Sarob» romani (1934), «Qo‘shchinor chiroqlari» romani (1951), «Shohi so‘zana», «Og‘riq tishlar» komediyalari va «Sinchalak», «Muhabbat» qissalari bor. Abdulla Qahhor 1968-yil 25-mayda vafot etgan.
Qahhor hayotidagi o‘qish joylarini ketma-ketlikda strelka bilan yozing.