Xayriddin Saloh
Xayriddin Saloh (Salohiddinov) 1934-yil 15-yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. U maktabda o‘qib yurganida keksa shoir G‘ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to‘garagiga qatnashgan; to‘garakda Erkin Vohidov, Yusuf Shomansur, Sayyor singari tengdoshlari bilan ijod sirlarini o‘rgangan. Ilk she’ri 1950-yilda bosilib chiqqan. Pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini (kechki bo‘lim) 1957-yilda tugatib, «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha» va «Gulxan» jurnallarida ishlagan. «Chashma» (1959), «Ikkinchi imtihon» (1961), «Ishqim va rashkim» (1965), «Tug‘yon», «Na’matak» (1969) kabi to‘plamlari, «Laylo», «Yangroq hayot», «Toshkent bilan suhbat» dostonlari bor. U Bayron, Heyne, Lermontov, Shevchenko, Hamzatov asarlarini ham o‘zbekchaga o‘girgan. Xayriddin Saloh 1969-yil 5-iyunda vafot etgan.
Saloh hayotidan olti sanani (1934, 1950, 1957, 1959, 1965, 1969) ma’nolari bilan yozing.