Mirtemir
Mirtemir (Mirtemir Tursunmat o‘g‘li) Turkiston shahri yaqinidagi Eski Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan; hujjatlarda tug‘ilgan kuni 1910-yil 10-may deb ko‘rsatiladi. Shoirning o‘zi aytishicha, otasi dehqon va chorvador, ona tomondan bobosi mulla va maktabdor bo‘lgan. O‘n bir yoshida Toshkentga qochib borib, ishmaktab va bilim yurtida o‘qigan, 1929-yilda tugatib Samarqandga ketgan, u yerda pedagogika akademiyasida o‘qigan va Yo‘ldosh Oxunboboyevning kotibi bo‘lgan. U Hamid Olimjon bilan do‘st bo‘lgan; keyinroq asossiz ayblanib, qamoqqa olingan. Mirtemir lirik she’rlar, sochmalar, dostonlar, dramatik va nasriy asarlar yozgan, ko‘plab tarjimalar qilgan, adabiy tanqid bilan ham shug‘ullangan. 1971-yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvonini olgan, 1978-yil 25-yanvarda vafot etgan.
Mirtemir hayotidagi sanalarni (1910, 1929, 1971, 1978) chiziqda joylashtiring.