O‘zbekiston o‘simliklari dunyosi
O‘zbekistonda o‘simliklar joyiga qarab turlicha. Cho‘lda saksovul, yantoq, juzg‘un (qandim) o‘sadi; ular qurg‘oqchilikka chidamli. Daryo bo‘ylarida tol, majnuntol, qamish va to‘qay o‘simliklari bor. Tog‘larda archa, yong‘oq, pista, bodom, na’matak va ko‘p dorivor o‘tlar o‘sadi. Bahorda cho‘l va adirlar lolalar bilan qoplanadi. Ayrim go‘zal o‘simliklar juda kam joyda o‘sadi (masalan, Farg‘ona lolasi, O‘zbekiston chinniguli), ular «Qizil kitob»ga kiritilgan. Odamlar gul uzib, chorva boqib, daraxt kesib ularga xavf tug‘diradi. Toshkentdagi Botanika bog‘ida ming-minglab o‘simlik turi o‘stiriladi va o‘rganiladi. Noyob o‘simlikni asrash uchun gulni uzmaslik va urug‘ qoldirish kerak.
«Tabiatda o‘zini tutish qoidalari» plakati: sinfda 5 ta qoida tuzing (gul uzmaslik, daraxt shoxini sindirmaslik, axlat qoldirmaslik, olov yoqmaslik, hayvonni bezovta qilmaslik) va chiroyli sahifa qiling.