O‘rmonlar va ularning boyliklari
O‘rmon — daraxt, buta va o‘tlar birga o‘sgan joy. Turlari: ignabargli o‘rmon (archa, qarag‘ay), bargli o‘rmon (eman, qayin; ularning bargi kuzda to‘kiladi), to‘qay o‘rmonlari (daryo va ko‘llar bo‘yida: tol, terak, qamish) va tropik o‘rmon (doim nam va issiq, palma va liana). O‘zbekistonda cho‘l va dashtda daryo bo‘ylarida to‘qay, tog‘larda archa, yong‘oq, pista, bodom o‘rmonlari bor. O‘rmon havoga kislorod chiqaradi va changni tutadi, namlik hosil qiladi, yomg‘irga yordam beradi, yog‘och beradi (qog‘oz, mebel, musiqa asboblari), ko‘p hayvonlarning uyi va dorivor o‘simliklar manbayi. O‘rmon daraxtlari ildizi qumni mahkam ushlab, qum ko‘chishidan himoya qiladi. Shuning uchun o‘rmonni «Yerning yashil o‘pkasi» deyishadi. Daraxt kesmaslik, olov yoqmaslik va axlat tashlamaslik kerak.
Qaysi guruhga kiradi?
Yozgi kunda katta daraxt tagida salqin bo‘ladi. Shuning uchun odamlar skameykani ko‘pincha daraxt tagiga qo‘yadi.
O‘rmonchilar, duradgorlar
Daraxt soyasi va ochiq joyni solishtirib, qaysi biri salqinroq ekanini ayting.
«Daraxtni bargidan top»: oq varaqlarga 5 xil daraxt bargini chizing, orqasiga nomini yozing. Sinfdoshingiz bargni ko‘rsatib daraxtni topishi kerak. Kuz bo‘lsa, yerga tushgan bargni terib, albom yasang (daraxtni shikastlamang).