O‘simliklarning urug‘lari
Urug‘ — bo‘lajak o‘simlikning pushti. Meva urug‘ni himoya qiladi: olmada bir necha urug‘, olxo‘rida bitta urug‘ bo‘ladi. Urug‘ unib chiqishi uchun suv, issiqlik va havo kerak. Tajriba: urug‘larni suvga solsak, cho‘kkanlari yaxshi, suzib chiqqanlari ko‘pincha unmaydi; ho‘l salfetkada, issiq joyda urug‘ undi va ildiz chiqaradi. Yangi o‘simlik joy topishi uchun urug‘ ona o‘simlikdan uzoqqa tushishi kerak. Shamol momaqaymoq va zarang urug‘ini uchiradi; suv kokos mevasini qirg‘oqqa olib boradi; qariqiz mevasi hayvon juniga ilashadi; olmaxon eman mevasi va archa urug‘ini yashirib, ba’zilarini unutadi; sariq akatsiya esa pishgan chanog‘i ochilib, urug‘ini o‘zi sochadi.
Urug‘ undirish: plastik idishga nam salfetka yoyib, loviya yoki no‘xat urug‘ini qo‘ying, ustini nam salfetka bilan yoping, idishni iliq joyga qo‘ying va har kuni namlab turing. Kundalik daftarda kuzating: nechanchi kuni ildiz chiqdi?