O‘zbekiston va xalqaro islom tashkilotlari
O‘zbekiston 1990-yillarning o‘rtalarida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan; hamkorlik asosan ta’lim, ilm-fan, madaniyat va tarixiy merosni o‘rganish sohalarida olib boriladi. 2016-yil 18–19-oktabrda Toshkentda IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi «Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l» mavzusida o‘tkazildi. ISESCO (1979-yilda tashkil topgan; 2020-yildan rasmiy qisqartmasi ICESCO) har yili a’zo davlatlarning bir necha shaharlarini «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qiladi: 2005-yilda bu unvon Makkaga berilgan, Toshkent 2007-yilda, Buxoro esa 2020-yilda ro‘yxatga kiritilgan. Shahar bunday unvonga qadimiy yodgorliklar, ilmiy markazlar, qo‘lyozmalar fondlari va madaniy tadbirlar kabi mezonlar asosida tanlanadi. O‘zbekiston tashabbusi bilan Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilgan, ISESCOning ixtisoslashgan kafedrasi esa Toshkent islom universiteti (hozirgi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi) negizida ochilishi rejalashtirilgan edi. Bunday hamkorlik xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish bilan birga, mintaqaning tarixiy-madaniy merosini dunyoga tanishtirishga qaratilgan.
Loyiha: o‘zingiz tanlagan bitta tarixiy shahar (Buxoro, Samarqand yoki Toshkent) uchun «Islom madaniyati poytaxti» mezonlari bo‘yicha 5 punktdan iborat «ariza» tayyorlang: yodgorliklar, ilmiy markazlar, qo‘lyozmalar, tadbirlar, tarix.