Sayyoramizdagi issiq joylar
Yer sharini o‘rtasidan belbog‘dek aylanib o‘tadigan xayoliy chiziq — ekvator. U Yerni Shimoliy va Janubiy yarimsharlarga bo‘ladi. Ekvator yaqinida quyosh nuri deyarli tik tushadi, shuning uchun u yerlar yil bo‘yi issiq, qish deyarli yo‘q. Yog‘in kam joylarda savanna va cho‘llar, ko‘p joylarda esa tropik o‘rmonlar (jungli) bor. Savanna — tropik dasht: o‘t, akatsiya va baobab daraxtlari o‘sadi, fil, jirafa, zebra, arslon, gepard, karkidon yashaydi. Quruq fasl va yomg‘ir fasli almashadi. Tropik o‘rmonda yil bo‘yi yomg‘ir yog‘adi, o‘simliklar qavat-qavat o‘sadi, daraxtlarni liana va moxlar qoplagan. Amazonka bo‘ylarida yaguar, yalqov, kapibara, to‘tiqush, kolibri, piranya yashaydi. Fillar Hindiston o‘rmonlarida va Afrika savannalarida uchraydi.
| Savanna | Tropik o‘rmon |
|---|---|
| yog‘in kam | yil bo‘yi yomg‘ir |
| o‘t, akatsiya, baobab | liana, moxlar |
| fil, jirafa, zebra, arslon | yaguar, yalqov, kapibara |
Qaysi guruhga kiradi?
Bozorda banan va ananas bor. Ular issiq o‘lkalarda o‘sadi va bizga uzoq yo‘ldan olib kelinadi.
Meva sotuvchilari, haydovchilar
Issiq o‘lkadan keladigan bitta mevaning nomini ayting.
Xaritada ekvatorni toping va qizil qalam bilan bo‘yang. Ekvator yaqinidagi 3 ta mamlakat yoki materikni yozing. Keyin «Savanna» va «Tropik o‘rmon» ustunlariga hayvonlarni joylashtiring.