☰ Mundarija · Tadbirkorlik asoslari

Korxona xarajatlari

Darslar 18 · 1 ta dars · U. G‘afurov, Q. Sharipov. Tadbirkorlik asoslari: o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik. 1-nashr. «O‘zbekiston» NMIU, Toshkent, 2018
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Quyidagi xarajatlarni «doimiy» yoki «o‘zgaruvchan» deb ajrating: bino ijarasi, un, kommunal to‘lov (qat’iy tarif), ustaning ishbay haqi, qo‘riqlash.
2
Jadval (ming so‘m): FC = 60; Q = 5 da VC = 90. TC va AC ni toping (AC ni ming so‘mda yozing).
3
10 donada TC = 130 000 so‘m, 11 donada TC = 138 000 so‘m. Chegaraviy xarajat necha so‘m?
4
Sizning xayoliy ustaxonangizda 3 turdagi tashqi xarajat va 1 ta ichki xarajat bo‘lsin; ularni yozing va nega ichki xarajatni ham hisobga olish kerakligini 1 gapda ayting.
5
Nima uchun sof muomala xarajatlari mahsulot qiymatiga qo‘shilmaydi, lekin foyda hisobidan qoplanadi? Fikringizni yozing.