«Oq kema» qissasidan parcha
Yetti yashar bola buvasi Mo‘min va buvisi bilan daryo bo‘yidagi o‘rmon qorovulxonasida yashaydi. Uning do‘sti yo‘q: u toshlarga «tuya», «bo‘ri», «egar» deb nom berib o‘ynaydi. Bobosi unga ko‘chma do‘kondan yangi portfel olib beradi, bola esa durbin orqali Issiqko‘ldagi oq kemani kuzatadi va otam shu kemada matros, deb o‘ylaydi; baliqqa aylanib kemaga suzib borishni orzu qiladi. Buva unga Shoxdor Ona Bug‘u rivoyatini aytib beradi: Enasoy bo‘yidagi qirg‘izlar qirib tashlanganda, ikki bolani Oq Ona Bug‘u qutqarib, Issiqko‘lga olib ketgan, keyin esa ochko‘z avlodlar bug‘ularni ovlagani uchun ular ketib qolgan. Parchaning so‘nggi qismida O‘rozqul tazyiq qilgani va farzandsizlikdan qiynalgan qizi yolvorgani uchun Mo‘min bug‘uni so‘yishga majbur bo‘ladi; O‘rozqul bug‘u kallasini maydalayotganini ko‘rgan bola «baliqqa aylanaman» deb daryoga kirib ketadi va qissa g‘amgin yakun topadi.
Qiyin kunda odam xayoliga tayanadi: kelajakda nima bo‘lishi, kim bo‘lishi haqida o‘ylash ko‘nglini ko‘taradi. Hikoyalar tasavvur ham tasalli bera olishini ko‘rsatadi.
Psixologlar, bolalar tarbiyachilari va yozuvchilar tasavvur kuchi bilan ishlaydi; me’morlar va ixtirochilar avval xayolda chizadi.
Besh daqiqa jim o‘tirib, kelajakda qilmoqchi bo‘lgan bitta ishingizni tasavvur qiling va bir gap bilan yozing.
Bolaning o‘zi uchun «oq kema»ni nimaga yo‘yganini bir jumlada yozing (hali ramz so‘zini ishlatmasdan).