Abay: hayoti va ijodi
Abay Qo‘nonboyev qozoq mumtoz adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar. Asl ismi Ibrohim, Abay esa uning taxallusi. U 1845-yil 10-avgustda hozirgi Abay tumani (Chingiztog‘)da chorvador boy oilada tug‘ilgan va 1904-yilda vafot etgan. Dastlab madrasada, keyinchalik rus maktabida o‘qib, Sharq allomalari — Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy — hamda rus va g‘arb adabiyoti bilan tanishgan. Ijodini she’r yozish va o‘lan aytishdan boshlagan; og‘zaki o‘lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan va 17 ta o‘langa kuy bastalagan. Abay qozoq qabilalarini ahillikka, ilm-ma’rifatga chaqirgan. Uning «Iskandar», «Mas’ud», «Azim rivoyati» dostonlari bor; «Nasihatlar» («Naqliya so‘zlar») eng muhim nasriy merosidir. Mirtemir va Uyg‘un uning she’rlarini o‘zbekchaga o‘girgan.
«Do‘st xalqlar shoirlari»: o‘quvchilar Navoiy, Abay, Berdaq (qoraqalpoq), Mahtumquli (turkman) haqida bittadan jumla topadi va jadval to‘ldiradi.