Organik va noorganik moddalar; tabiiy resurslarni saqlash
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uyingizdagi 5 ta narsani organik va noorganikka ajrating.
Masalan: organik — qog‘oz, paxta ko‘ylak; noorganik — temir kalit, tosh, shisha
2
Granit va marmar ishlatilgan bino yoki yodgorlikni ko‘ring va rasmini chizing.
Javoblar har xil.
3
Elektr tejash bo‘yicha oilangiz uchun 5 ta qoida yozing.
Masalan: chiroqni o‘chirish, TVni uzish, zaryadni uzish.
4
Elektr xavfsizligi qoidalarini yozing (3 ta).
Ho‘l qo‘l bilan tegmaslik, rozetkaga narsa tiqmaslik, shikastlangan simni ishlatmaslik.