Moddalar va ularning aralashmalari
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uyingizdan qattiq, suyuq va gazsimon moddalarga 3 tadan misol toping.
Masalan: qattiq — tosh, temir, yog‘och; suyuq — suv, sut, yog‘; gaz — havo, bug‘, tabiiy gaz
2
Suvning uch holatini va ular orasidagi o‘zgarishlarni strelkalar bilan chizing.
Muz ⇄ suv ⇄ bug‘: erish/muzlash, bug‘lanish/kondensatsiya.
3
5 ta aralashmaning nomini yozing (uyda ishlatiladigan).
Masalan: choy, sharbat, sho‘rva, havo, tuproq
4
Oshxonangizdan po‘lat yoki cho‘yandan yasalgan 3 ta buyum toping.
Masalan: pichoq, qozon, vilka