Tabiatda suvning aylanishi
Quyosh daryo, ko‘l va dengiz suvini isitadi, suvning bir qismi bug‘ga aylanib (bug‘lanadi), yuqoriga ko‘tariladi. Balandda havo sovuq, shuning uchun bug‘ mayda suv tomchilariga aylanadi (kondensatsiya) va bulutlar hosil bo‘ladi. Tomchilar og‘irlashganda yomg‘ir yoki qor bo‘lib yerga tushadi. Suv soy va daryolarga oqib, yana dengiz va ko‘llarga qaytadi. Shu tariqa suv doimo aylanadi. Havodagi suv bug‘ining miqdori namlik deyiladi. Oppoq, momiq pag‘a bulutlar ko‘pincha yomg‘ir bermaydi; qalin, quyuq, qora bulutlardan yomg‘ir yoki qor yog‘adi. Yog‘in miqdori yomg‘ir o‘lchagich bilan millimetrda o‘lchanadi.
Tajriba «Banka ichida bulut»: shisha bankaga iliq suv quying (kattalar yordamida), ustiga likopcha qo‘ying va likopchaga muz solib turing. Banka ichida bug‘ ko‘tarilib, sovuq likopcha ostida tomchilarga aylanishini kuzating. Xavfsizlik: issiq suv faqat kattalar bilan.