Xristianlik
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Xristianlik tarixining uchta sanasini (313, 380, 1871) izohlang.
313 – Milan farmoni; 380 – Rim imperiyasining davlat dini; 1871 – Toshkent va Turkiston yeparxiyasi tashkil etildi.
2
Mifologik va tarixiy yondashuvni 3 jumlada solishtiring.
Mifologik yondashuv Isoni tarixiy shaxs emas deb hisoblaydi. Tarixiy yondashuv uni haqiqiy shaxs deb biladi va manbalarga tayanadi. Zamonaviy tadqiqotchilarning aksariyati ikkinchisini qo‘llab-quvvatlaydi.
3
Markaziy Osiyodagi xristianlik tarixidan diniy bag‘rikenglikka oid bitta misol toping va tushuntiring.
Masalan, So‘g‘dda (Urgutda) cherkov, zardushtiylar va buddaviylar ibodatxonalari bir vaqtda faoliyat yuritgan.
4
Sovet davrida xristianlarga nisbatan qanday choralar ko‘rilgan? Faktlarni xolis yozing.
1920–1930-yillarda ko‘plab cherkovlar yopilgan, mol-mulk musodara qilingan, ruhoniylar qatag‘on qilingan.
5
«Bir samo ostida» konferensiyasi (1995) nimaga bag‘ishlangan edi va qayerda o‘tkazilgan?
Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi bo‘lib, dinlararo hamjihatlikka bag‘ishlangan.