Jadidchilik, birinchi jahon urushi va madaniy hayot
Avval o‘zingiz yeching, keyin javobni tekshiring.
1
Jadid kim? Uch namoyandasini yozing.
Yangilanish tarafdori ma’rifatparvar; Behbudiy, Avloniy, Munavvarqori (Fitrat, Hamza).
2
Usuli jadid maktabining eski maktabdan ikki farqini yozing.
Tovush usuli va dunyoviy fanlar; sinf va doska.
3
Turkistonda matbuotning uch misolini yillari bilan yozing.
1870 ‘Turkiston viloyatining gazeti’; 1906 ‘Taraqqiy’; 1913 ‘Samarqand’ yoki ‘Oyna’.
4
1916-yil qo‘zg‘olonini sabab va oqibat bo‘yicha yozing.
Sabab — mardikorlik farmoni; oqibat — qo‘zg‘olon bostirildi.
5
Behbudiyning ikki faoliyat sohasini yozing.
Dramaturgiya (‘Padarkush’), matbuot (‘Samarqand’, ‘Oyna’).