Atrofimizdagi tovushlar
Tovush — quloq eshitadigan ovoz. U juda tez tebranishlardan paydo bo‘ladi. Tovush manbayi — juda tez tebranayotgan jism: gitara simi, ovoz paychalari, qanotini qoqayotgan chivin. Tebranish havoni tebratadi, tovush to‘lqinlari havo orqali tarqalib, quloqqa yetadi. Quloq pardasi tebranadi — biz tovushni eshitamiz. Tebranish kuchli bo‘lsa, tovush kuchli, kuchsiz bo‘lsa — kuchsiz bo‘ladi. Jism juda tez tebransa, tovush baland, sekin tebransa — past. Bir nechta tovushning tartibsiz eshitilishi shovqin deyiladi; kuchli shovqin qulog‘imizga zarar qiladi.
O‘rtacha uzunlik — o‘rtacha balandlik
Tor qanchalik kuchli tortilsa, tovush shunchalik kuchli eshitiladi
Qo‘lingizni bo‘yningizga qo‘yib gapirsangiz, yengil titrash sezasiz.
Bir marta ohista, bir marta baland «a» deng.
| Sim | Tovush |
|---|---|
| yo‘g‘on | past |
| ingichka | baland |
Tajribalar: 1) Qo‘lingizni bo‘yningizga qo‘yib «a-a-a» deb ayting: tebranishni sezasiz. 2) Chizg‘ichning bir uchini stol chetiga bosib, ikkinchi uchini chertib tebrating. Chizg‘ich uchini qisqartirsangiz, tovush balandlashadimi? 3) Qutiga rezinkani tortib, chertib ko‘ring: tarang rezinka — baland tovush. Xavfsizlik: kuchli ovozni quloq yonida chiqarmang, tovushni juda baland qilmang.