Yerdagi tabiiy suv manbalari
Yerda suv ko‘p joyda bor. Daryo o‘zanda oqadi, ko‘l esa chuqurlikda to‘plangan suv. Dengiz va okeanlar ulkan, ularning suvi sho‘r, uni ichib bo‘lmaydi. Yomg‘ir va qor ham suv manbayi: ular daryo va ko‘llarni to‘ldiradi. Yomg‘ir va qor suvi yerga singib, yer ostida to‘planadi — bu yerosti suvi. U yer yuziga chiqqan joy buloq deyiladi. Odamlar yerosti suvini quduq qazib oladi. Suvni toza saqlash kerak: suvga axlat tashlamaymiz, suv havzalari yonida mashina yuvmaymiz, ishlatilgan suvni tozalaymiz.
Model «Suv tozalash»: kesilgan plastik butilka bo‘yniga paxta, ustiga qum, so‘ng mayda tosh soling. Pastiga stakan qo‘ying. Loyqa suvni (suv + tuproq) ehtiyotkorlik bilan quying. Suv filtrdan o‘tgach tiniqroq bo‘ladi, lekin hali ichib bo‘lmaydi: tozalash inshootlarida mikroblar ham yo‘qotiladi. Xavfsizlik: butilkani kattalar kesadi; filtrlangan suvni hech qachon ichmang.