Jamoa hisoboti
Gulchambarni ta’mirlash tavsiyasi
Gulchambar ketma-ket ulangan edi, shuning uchun bitta kuygan lampa hammasini o‘chirdi. Ketma-ketda uch lampa 4,5 V ni bo‘lishadi, har biri 1,5 V oladi; parallelda har biri 4,5 V oladi va bittasi o‘chsa, qolganlari yonaveradi. Batareya tezroq tugaydi, lekin biz parallelni tavsiya qilamiz. Ulashni maktab elektrigi bajaradi.
— 6-B jamoa