«Uch og‘a-ini botirlar»
Ertak – xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va ommaviy turlaridan biri: xayoliy va hayotiy to‘qimalarga asoslangan, tarbiyaviy ahamiyatli og‘zaki hikoya. Ertaklar hayvonlar haqidagi, sehrli, hayotiy-maishiy va hajviy turlarga bo‘linadi. Ba’zi viloyatlarda ertak matal, ushuk, varsaki, cho‘pchak deb ham ataladi. «Uch og‘a-ini botirlar»da o‘rtahol otaning uch o‘g‘li bor; ota ularni o‘qitgan, kuchli va qo‘rqmas qilib o‘stirgan va safarga kuzatayotib uch o‘git aytadi: to‘g‘ri bo‘ling, maqtanchoq va dangasa bo‘lmang. Botirlar o‘z zakovati bilan dasturxondagi taomlarning sirini topadi, podshoh esa ularga qizlarini nikohlab beradi. Podshohni ilondan qutqargan Kenja botir nohaq zindonga tashlanganda, to‘tining va’dasi haqida hikoya aytib, o‘zini oqlaydi; oxirida birodarlar saroy hayotini rad etib, mehnat va kasb-hunar bilan yashashni tanlaydi.
Rollarga bo‘lib o‘qish: uchta o‘g‘il, ota va podshoh rollarida otaning uch o‘gitini ifodali aytish.